Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank raisiga matbuot kotibi tayinlandi

Markaziy bank raisiga matbuot kotibi tayinlandi

Akmal Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Lavozimga tayinlov Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

A.N. Nazarov Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetining bakalavr bosqichini, 2007-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2004-yilda O‘zbekiston Milliy axborot agentligida sharhlovchi lavozimida boshlagan. 2018-2019-yillarda Davlat soliq qo‘mitasining Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boshqarmasida katta inspektor, bosh inspektor bo‘lib faoliyat yuritgan.

A.N. Nazarov 2020-yil yanvar oyidan buyon Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring