Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

27 sentabr, 2019

Prezident maslahatchisiga o‘rinbosar tayinlandi

Insayder 27/09, 11:16 0 2157

Jo‘raboyev Abdurashid Abduvohidovich Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi. 

Bungacha A.A.Jo‘raboyev Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

06 sentabr, 2019

Farg‘onada MIB xodimi kaltaklandi

Insayder 06/09, 15:16 0 2590

Joriy yilning 30-avgust kuni MIBning Rishton tuman bo‘limi davlat ijrochisi M.O. o‘z xizmat vazifasini bajarish davomida qarzdor M.M.(1990-y.t.) ni «Uchariq» mahallasi xududida uchratib qolgan va aliment to‘lovlaridan bo‘lgan qarzlarini undirish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirish uchun uni o‘zi bilan birga MIB tuman bo‘limiga borishi lozimligini bildirgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, qarzdor M.M. uni haqorat qilib, qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, urib tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 5-sentyabr tuman prokuraturasi tomonidan M.M nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Koson tumanida ham MIB xodimlariga kuch ishlatilgan edi. 

16 avgust, 2019

Kun fotosi: Jahongir Ortiqxo‘jayev va «Kun.uz» jurnalistlariga tajovuz qilgan hokim o‘rinbosari

Hodisa 16/08, 10:36 0 8019

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Olmazor tumani hokimi Baxtiyor Rahmonov (oq futbolkada) va kechagi kun qahramoni — Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahobov (qora futbolkada), deb fotoxabar tarqatdi telegramdagi «Qo‘shni mahalla» kanali.

«Ayni daqiqalar. Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i yonida. Aftidan, kechagi voqealar muhokama qilinayotganga o‘xshaydi...», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 14-avgust kuni Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari Abdurasul Vahabov surishtiruv uchun oldiga kelgan «Kun.uz» xodimlariga tajovuz qilgan, ularning shaxsiy mulkiga zarar yetkazgandi.

Oliy Majlis deputati va boshqa tashkilotlar Olmazor tumani hokimi o‘rinbosarining xatti-harakatlarini qoralab, uning javobgarlikka tortilishi masalasi ko‘rilishi lozimligini qayd etishgandi.

Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, «Kun.uz» sayti muxbiri va Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari o‘rtasida yuz bergan noxush hodisaga aloqador barcha holatlarni aniqlashtirish uchun vaziyat o‘rganilmoqda. Hokimlik bugun soat 15:00 ga qadar voqea tafsilotlarini ma’lum qilishini bildirgan.

01 iyun, 2019

Hotamjon Ketmonov partiya raisligidan ketgani aytilmoqda

Jamiyat 01/06, 13:01 0 5004

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda. Bu haqda «Human.uz» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, uning o‘rniga Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Inoyatov tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, H.Ketmonov XDPni 2013-yildan buyon boshqarib kelgan. U.Inoyatov esa 2018-yil iyun oyida rektorlikka tayinlangunga qadar, xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan.

22 may, 2019

Sarvar Otamurodov «Milliy tiklanish» partiyasidan ketdi

Jamiyat 22/05, 13:52 0 5315

Sarvar Otamurodov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan «Milliy tiklanish» partiyasi rahbarligidan ketgan. Bu haqda «Davletovuz» kanali xabar berdi.

Ushbu xabar yuzasidan «Milliy tiklanish» partiyasi matbuot xizmati bilan bog‘landik. Matbuot xizmati xodimi bu haqda hali xabari yo‘qligini bildirdi.

Qayd etilishicha, Sarvar Otamurodov «O‘zagrosug‘urta» kompaniyasi rahbari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sarvar Otamurodov 2016-yilning dekabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston prezidentligi saylovida «Milliy tiklanish» partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan.

 

21 may, 2019

Moliya vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Iqtisodiyot 21/05, 22:33 0 4621

Aytishlaricha, Timur Ishmetov moliya vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bu haqda telegramdagi «davletovuz» kanali xabar berdi.

U bungacha 2017-yilning iyul oyidan buyon Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi. Undan avval esa Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Timur Ishmetov 1979-yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2000-yili Toshkent Moliya institutining Moliya va kredit fakultetini, 2005-yili Birmingem universitetining International Money and Banking yo‘nalishi bo‘yicha magistraturasini, 2007-yili Toshkent Davlat Yuridik institutining «Huquqshunoslik» fakultetlarini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000-yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida iqtisodchi vazifasida boshlagan.

2017-yil aprel oyiga qadar turli lavozimlarda ishlab, Markaziy bankning Monetar operatsiyalar departamenti, Xalqaro rezervlarni boshqarish departamenti, Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, Valyutani tartibga solish va nazorat qilish departamentlariga rahbarlik qilgan.

10 may, 2019

Prezident tashrifidan so‘ng Uchtepa hokimi va uch sektor rahbarlari bo‘shatilgani aytilmoqda

Iqtisodiyot 10/05, 23:47 0 7150

Bugun, 10-may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanida bo‘lib, tuman rahbarlari, mahallalar raislari, ziyolilar, mutasaddilar bilan uchrashuv o‘tkazgani haqida xabar bergandik.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari tumanda sanoat ishlab chiqarishi Toshkent shahri ko‘rsatkichidan 2 barobar kamligi, boshqa sohalar ham eng past darajada ekanini ko‘rsatib o‘tgandi.

Shayxontohur tumani deputati Bobur Rasulov ma’lum qilishicha, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabab Toshkentning Uchtepa tumani hokimi Shuhrat Atamuhamedov va yana uch sektor rahbari (prokuror, IIB va soliq boshliqlari) lavozimidan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Atamuhamedov bundan bir yil avval Uchtepa tumani hokimi etib tayinlangandi.

Qurilish vaziri Abduqahhor To‘xtayev yana hokimlikka qaytdi

Jamiyat 10/05, 23:27 0 7701

Qurilish vaziri lavozimida ishlab kelgan Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlangan.

Bugun, 10-may kuni bo‘lib o‘tgan Shayxontohur Xalq deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasida uning nomzodi bir ovozdan tasdiqlangan. Bu haqda Shayxontohur tumani deputati Bobur Rasulov ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Abduqahhor To‘xtayev qurilish vaziri etib tayinlanguniga qadar Toshkent shahar hokimi (2005-2011), Jizzax shahar hokimi (2016-2017) hamda Olmazor tuman hokimi (2017-2018) bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, Shayxontohur tumani ham unga begona emas, u 1996-1999-yillarda shu tumanni boshqargan.

04 may, 2019

«Madaniyat va ma’rifat» telekanali rahbari lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda

Insayder 04/05, 12:00 0 4982

Aytishlaricha, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, «Madaniyat va ma’rifat» telekanali rahbari Farhod To‘rayev egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga O‘zMTRKdagi manba xabar berdi. 

Shuningdek, uning o‘rniga «Oila va jamiyat» gazetasi bosh muharriri Vohid Luqmonov tayinlanishi kutilmoqda.

Farhod To‘rayev «Madaniyat va ma’rifat» telekanaliga 2018-yil avgust oyida direktor sifatida tayinlangan. Avval Samarqand televideniyesida ham faoliyat yuritgan. 

17 mart, 2019

MIB o‘zining «majburiy» maqomidan ayrilishi mumkin

Insayder 17/03, 12:29 0 4394

So‘nggi vaqtlarda Majburiy ijro byurosi haqida yangrayotgan ko‘plab fikrlar, e’tirozlar, tanqidlar ortidan, nihoyat, bu xizmat faoliyati qayta ko‘rib chiqiladiganga o‘xshaydi.

«Xabar.uz»da e’lon qilingan maqolalarning birida O‘zbekiston tarixida MIB misolida misli ko‘rilmagan voqelik — prokuraturaning qonuniy tijoriylashuvi jarayonini boshimizdan kechirayotganimiz haqida mulohaza yuritilgandi. Unda MIBning vazifasi majburiyat emas, aslida xizmat ekani eslatilgandi.


Mavzuga oid: MIB: «Qarzingiz bo‘lsa noxush vaziyatga tayyor turing...»


O‘zi avval boshdanoq bu tashkilotning prokuratura tizimida bo‘lishi turli bahslarga sabab bo‘layotgan edi. Davlatning jazolovchi mexanizmiga aylanib qolishi, albatta, uning obro‘sini oshirmaydi.

MIB Adliya vazirligi huzurida yoki alohida mustaqil tashkilot sifatida, hech bo‘lmaganida, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi qoshida tashkil etilishi kerakligi taklif qilingandi.

«Xabar.uz»ning manbasi xabar berishicha, yaqin vaqt ichida Majburiy ijro byurosi faoliyati qayta ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda bir necha variant ko‘rib chiqilmoqda va ulardan biri tanlanishi mumkin:

  1. MIB Bosh prokuratura huzurida qoladi va uning nomidagi «majburiy» so‘zi olib tashlanib, byuroga aylantiriladi.
  2. MIBni alohida mustaqil tashkilot sifatida yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqiladi.
  3. MIB Bosh prokuratura tarkibidan chiqarilib, Adliya vazirligi huzurida faoliyat olib boruvchi xizmatga aylantiriladi.

Shuningdek, byuro tarkibi katta qisqartirishlarga tushishi ham aytilmoqda.

Avvalroq, majburiy ijro byurosi qoshidagi «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil qilish markazi» davlat unitar korxonasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazilgandi.

Kuni kecha esa, Prezident farmoni bilan O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida ayrim lavozim (jumladan, Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi) va boshqarmalar tugatildi, Agrosanoat inspeksiyasi Bosh prokuraturadan Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazildi. Mazkur hujjatdan prokuratura organlarida kadrlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish, tizimni o‘z lavozimiga noloyiq, professional va axloqiy talablarga javob bermaydigan xodimlardan tozalashga doir vazifalar ham o‘rin oldi.


Mavzuga oid: Qonundagi bo‘shliqmi bu yoki «Ostrogorskiy-mostrogorskiy»lardan qolgan meros?


Bu o‘zgarishlar nimani anglatadi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatda inson manfaatlari, tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish masalalariga deyarli har bir chiqishida alohida to‘xtaladi, huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan inson huquqlarining poymol etilishi kabi holatlar uchrab turganini keskin tanqid qilib keladi. Bu borada vaziyat sezilarli darajada o‘zgardi. Xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston hukumatining ushbu qadamlarini olqishlamoqda.

Bu yo‘nalishda prezident tomonidan belgilab berilayotgan chora-tadbirlar inson manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan islohotlar hamon davom etayotganini va oldinda bizni jiddiy o‘zgarishlar kutib turganini bildiradi.

Yana