Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 6,2 foizgacha tezlashdi – Markaziy bank

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 6,2 foizgacha tezlashdi – Markaziy bank

2024-yilning birinchi choragida iqtisodiyotning o‘sish sur’ati 6,2 foizgacha tezlashdi.

Markaziy bank bergan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi va qurilish sohalaridagi yuqori o‘sish sur’atlari, shuningdek, ishlab chiqarish va tog‘-kon sanoati sohalarida investitsion faollikning oshishi kuzatilgan.

Shuningdek, mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab sezilarli darajada oshib bormoqda. Biroq, ishchi kuchi taklifida ma’lum segmentatsiya mavjud bo‘lib, yuqori malakali sohalarda talabning to‘liq qondirilmayotganligi kuzatilmoqda. Bu esa, tegishli sohalarda ish haqlarining yuqoriroq o‘sishiga olib kelmoqda.

So‘mning real almashuv kursi dinamikasi esa yil boshidan 0,9 foizga qadrsizlanib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi. Tashqi savdo hamkorlar milliy valyutalari kurslari va inflyasiyalari bo‘yicha prognozlarni inobatga olganda real almashuv kursiga nisbatan bosimlar kuzatilmayapti.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, YaIM o‘sishi yil yakuniga 5,2-5,7 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.

«Iqtisodiy o‘sishning yangilangan prognozi aholi va tadbirkorlik sub’yektlari xarajatlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga kelgusida iste’mol talabining ma’lum ma’noda maqbullashishi bilan bog‘liq.

Ayni paytda, xususiy investitsiyalarda yuqori faollik, fiskal rag‘batlantirishlar va aholi daromadlarining o‘suvchi dinamikasi o‘tgan yillardagi kabi joriy yilda ham iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi omillardan bo‘ladi», – deyiladi MB press-relizida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring