Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Jo‘rayevlar ishi»da tomonlar turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirildi

«Jo‘rayevlar ishi»da tomonlar turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirildi

Sudyalar oliy kengashi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudida da’vogar B. Qodirovning Jo‘rayevlarga nisbatan «otalik faktini belgilash»ga oid fuqarolik nizosi ko‘rib chiqilayotgani fonida tomonlarni turli xil bayonotlar bilan chiqishdan hamda intervyular berishdan tiyilishga chaqirdi.

Shuningdek, fuqarolik nizosi taniqli shaxslar o‘rtasida kechayotgani hamda hozirda marhum bo‘lgan mashhur inson hayoti bilan bog‘liqligi bois voqealar rivoji jamoatchilik tomonidan katta e’tibor bilan kuzatilayotgani, shuningdek, bu boradagi nizo sudlashish jarayonida ekanligi sababidan taraflar (yoki ularning vakillari) tomonidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari keng muhokamalarga sabab bo‘layotgani ta’kidlanadi.

Mavzuga doir: «Sherali Jo‘rayev mening otam» — Botir Qodirov nega sudlashayotganini ma’lum qildi

«Tarmoqlardagi muhokamalarda hali yakuniga yetmagan ish bo‘yicha turli bashoratlarga berilishlar, suddan avval «qaror chiqarib qo‘yish» holatlari mavjud. Eng yomoni, nizo sudda xolis va beg‘araz ko‘rilishiga asossiz shubhalar ham bildirilmoqda. Bularning hammasi sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo qilayotganiga ta’kid shart emas.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, ish bo‘yicha taraflarni turli shakl va ko‘rinishda bayonot berishdan tiyilishga, jurnalist va blogerlarni esa shaxsga oid ma’lumotlar hamda sud ishiga doir axborotlarni tarqatishdek nozik va hassos masalaga mas’uliyat bilan yondoshishga chaqiradi», – deyiladi Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati munosabatida. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring