Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank boshqaruvi, inflyasiyaning yangilangan prognoz koridorining yuqori chegaralariga nisbatan ham joriy pul-kredit sharoitlari nisbatan qat’iy fazada shakllanganligini inobatga olib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qayd etilishicha, umumiy inflyasiya yil boshidan pasayishda davom etib, mart oyida yillik 8 foizni tashkil etdi. Bunda, oziq-ovqat tovarlari inflyasiyasida sezilarli pasayish kuzatildi. Tashqi oziq-ovqat bozorlaridagi narxlar dinamikasi import inflyasiyasiga pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatdi.

Iqtisodiyotda yuqori talabning saqlanib qolayotgani hamda ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshirilishi sharoitida xizmatlar inflyasiyasi so‘nggi oylar davomida barqaror o‘sib bormoqda.

Bazaviy inflyasiya sezilarli sekinlashib, mart oyida yillik 7,6 foiz va yil boshidan umumiy inflyasiya darajasidan pastroq shakllandi.

Bazaviy inflyasiyaning barqaror pasayish trayektoriyasida qolishi bo‘yicha mustahkam kutilmalar shakllanib, yil yakunida 7-8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring