Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp prezident saylovlarida uni yengishning yagona yo‘lini ma’lum qildi

Tramp prezident saylovlarida uni yengishning yagona yo‘lini ma’lum qildi

Foto: «Global Look Press»

AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi prezident saylovlarida uni yengishning faqat bitta yo‘li borligini aytib o‘tdi.

Amerika yetakchisi uning Demokratlar partiyasidan bo‘lgan raqibi saylovlarda uni faqat qalbakilashtirish yordamida yengishi mumkinligini yashirib o‘tirmadi. Uning ta’kidlashicha, demokratlar saylov natijalarini soxtalashtirishga faol urinishadi. Shu mnosabat bilan, prezidentning fikriga ko‘ra, Demokratik partiya ovoz berish vaqtida shaxsni tasdiqlovchi hujjatni tekshirishni bekor qilishni taklif etgan.

«Bu nima uchun qilinadi? Bu qalbakilashtirish uchun qilinadi. Ular kelgusi saylovlarni o‘g‘irlashga urinib ko‘rmoqchi. Chunki bu ular g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘ldir», — deya Donald Trampning so‘zlarini keltirgan «Life.ru» portali.

AQSh prezidenti Demokratik partiyani «so‘l radikalizm» urinishlarida, kongressmenlar Nensi Pelosi va Chak Shumerlarni esa koronavirusdan qiynalayotgan odamlarning yordam olishiga yo‘l qo‘ymayotganlikda aybladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring