Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampning sobiq maslahatchisi Bennon hibsga olindi

Trampning sobiq maslahatchisi Bennon hibsga olindi

Foto: «Bloomberg.com»

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Stiv Bennon Kongressga hurmatsizlikda ayblanib, Kapitoliyga bostirib kirishni tergov qiluvchi komissiyaga ko‘rsatma berishdan bosh tortgani uchun hibsga olindi, deb xabar berdi Federal qidiruv byurosi.

«15-noyabr, dushanba kuni Stiven K. Bennon FQBning Vashingtondagi ofisiga taslim bo‘ldi. U hibsga olindi va Kongressga nisbatan ikki marta hurmatsizlik aybi bilan sudga tortildi», – deyiladi byuro matbuot bayonotida.

Assoshieyted Press xabariga ko‘ra, u sudlanadi.

Bennon Trampning sobiq prezident imtiyozlari haqidagi so‘zlarini keltirib, tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi. O‘tgan juma kuni chaqiruv qog‘oziga javob berishdan bosh tortgani uchun u Kongressga nisbatan ikki marta hurmatsizlikda ayblangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring