Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulkan asteroid Yerga urilishi mumkin

Ulkan asteroid Yerga urilishi mumkin

Foto: Pixabay.kz

Bennu nomini olgan ulkan asteroid Yerga yaqin ob’yekt bo‘lib, u taxminan har olti yilda bir marta Yer orbitasiga kiradi va u 1999 yilda birinchi marta kashf etilganidan buyon kosmik agentlik tomonidan kuzatilmoqda.

Olimlarning fikricha, Bennu 1999, 2005 va 2011 yillarda zaminimizga yaqinlashgan.

2135 yil 25 sentyabrda Bennu Yer yonidan uchib o‘tadi va NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 2182 yilda, 159 yildan keyin uning juda kam ehtimol bilan Yer bilan to‘qnashish xavfi bor.

OSIRIS-REx ilmiy jamoasining maqolasida 2182 yil 24 sentyabrda Bennuning Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli bor-yo‘g‘i 0,037 foizni tashkil qiladi.

Earth.com ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu asteroid zarbasi Yer yuzasining katta qismini yo‘q qilishi va taxminan 22 ta atom bombasi energiyasini chiqarishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring