Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yerga diametri 1,2 km bo‘lgan asteroid yaqinlashmoqda

Yerga diametri 1,2 km bo‘lgan asteroid yaqinlashmoqda

Diametri 1,2 kilometrgacha bo‘lgan potensial xavfli asteroid 34 yildan so‘ng yana Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda NASA’ning Yerga yaqin ob’yektlarni o‘rganish markazi xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, 3 oktyabr kuni kechqurun u sayyoraga taxminan 6 million kilometr masofada yaqinlashadi. Osmon jismi seshanba kuni tunda Yerga eng yaqin masofada yaqinlashadi. Ayni damda asteroidning tezligi soniyasiga 20,96 kilometrni tashkil qilmoqda.

Astronomlar ushbu ob’yektni 1989 yil 30 sentyabrda kashf qilishgan. Shundan so‘ng u 33,5 yil davomida teleskop kameralarida ko‘rinmadi. Keyin u 13 fevralda «ko‘rinish berdi».

Asteroid 349507 (2008 QY) Yer orbitasini kesib o‘tuvchi astronomik ob’yektlardandir. U potensial xavfli hisoblanadi, chunki u Yer orbitasini 7,5 million kilometrdan kamroq masofada kesib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring