Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Beshta asteroid bir vaqtning o‘zida Yerga yaqinlashmoqda

Beshta asteroid bir vaqtning o‘zida Yerga yaqinlashmoqda

NASA reaktiv harakat laboratoriyasi olimlari beshta asteroid Yerga qarab uchayotganini ma’lum qildi. Ulardan birining hajmi ikkita futbol maydoniga teng.

Joriy yilning 1 yanvarida olimlar 2024 AA deb nomlangan yangi asteroidni topdilar, uning o‘lchami 11 metr bo‘lib, 2 yanvar oqshomida Yerga 610 ming km masofada yaqinlashishi kerak edi.

Shuningdek, ushbu jism bilan birga o‘tgan yili kashf etilgan kattaroq asteroid sayyoramizga 1 730 000 km masofada yaqinlashadi. 2023 YR deb nomlangan asteroid 37 metrni tashkil qiladi.

3 yanvar kuni 5 yil avval kashf etilgan 2019 KK5 deb nomlangan, diametri 94 metr, osmono‘par bino balandligidagi asteroid 4 070 000 km masofadan uchib o‘tadi.

6 yanvar kuni joriy yilning 1 yanvarida topilgan 2024 AS nomli asteroid 2 million 310 ming km masofada Yer tomon uchadi. Uning o‘lchamini yo‘lovchi laynerining uzunligi bilan solishtirish mumkin - 26 metr.

Yerga qarab uchayotgan yana bir asteroid 22 yil oldin kashf etilgan. 2002 AY1 deb nomlangan asteroid 8 yanvar kuni sayyoramizga 5 800 000 km masofaga yaqinlashadi, uning kattaligi hayratlanarli – 219 metr. Ya’ni, bu tosh hajmi bo‘yicha 2 ta futbol maydoniga teng keladi.

Yer uchun potensial xavfli bo‘lgan asteroidlar sayyoramizga 7,5 million km dan yaqinroq keladigan va hajmi 150 metrdan katta bo‘lgan kosmik jinslar hisoblanadi. Taqqoslash uchun, Yerdan Oygacha bo‘lgan o‘rtacha masofa 385 ming km.

NASA olimlarining fikricha, bu asteroidlarning hech biri Yerga tushmasligi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring