Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Boka Xuniors» «Barselona»ni sudga berdi

«Boka Xuniors» «Barselona»ni sudga berdi

Foto: «Vesti»

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi rahbariyati Ispaniyaning «Barselona» jamoasini sudga berdi. Janubiy amerikaliklar himoyachi Ramos Mingoni kataloniyaliklar sotib olganidan norozi.

Urugvaylik 18 yoshli futbolchi 2020-yil fevralida, erkin agentga aylanganidan so‘ng, «Barselona» bilan shartnoma imzolagandi. Shartnoma 2022-yil yozigacha tuzilgan.

«Boka» prezidenti Xorxe Amor Ameal: «Ramos Mingoni qaroqchilarday tortib olishdi, bu hech qanday qolipga sig‘maydi. Avvalgi rahbariyat Mingoga juda yomon munosabatda bo‘lgan. O‘shanda uning vakili bo‘lganmi, xabarim yo‘q. Biroq biz bugun «Barselona»ni sudga beramiz, chunki futbolchining huquqi bizga tegishli. Noto‘g‘ri xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaymiz. Bu g‘irt qaroqchilik. Mingo katta salohiyat egasi».

Mingo joriy mavsumda «Barselona» asosiy jamoasida to‘p surgan emas: uch marta o‘yin qaydnomasiga kiritildi, biroq maydonga tushirilmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring