Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YChL. 1/4 final. «Barsa»ni «qizil», «Atletiko»ni «sariqlar» to‘xtatdi

YChL. 1/4 final. «Barsa»ni «qizil», «Atletiko»ni «sariqlar» to‘xtatdi

Foto: VK / Championat.com

Yevropa chempionlar ligasida 1/4 finalning dastlabki ikki javob o‘yini bo‘lib o‘tdi: «PSJ» Barselonada mehmon bo‘ldi, «Atletiko Madrid» Dortmundga safar qildi.

O‘z uyida «Barselona»ga 2:3 hisobida yutqazgan «PSJ» javob o‘yinida ham, umumiy bahsda ham kambek qildi. «Barsa» himoyachisi Arauxo 29-daqiqada olgan qizil kartochka yakunda jamoasini to‘xtatgan qizil chiroqqa aylandi.

Ammo chinakam kambeklar Dortmundda bo‘ldi. Avvaliga «Borussiya» 2 ta gol urib oldinga o‘tib oldi, keyin madridliklar muvozanatni tiklashdi, oxiri ikkita gol kiritishga iroda topa bilgan nemislar yarim final chiptasini qo‘lga kiritishdi.

Yarim finalning birinchi juftligida «PSJ» va «Borussiya D» final uchun kurashadi. Ular bir guruhdan chiqishgan, parijliklar bir o‘yinda g‘alaba qozonishgan, bitta o‘yin durang bo‘lgan (2:0, 1:1).

YChL. 1/4 final. 16-aprel

Javob o‘yinlari 

Barselona — PSJ 1:4 (Birinchi o‘yin — 3:2)

Gollar: Rafinya (12) — Dembele (40), Vitinya (54), Mbappe (61 penalti, 89).

Barselona — ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi, Joau Kanselu (Joau Feliks, 82), Gundo‘g‘an, de Yong (Lopes, 82), Pedri (Ferran Torres, 62), Rafinya, Yamal (Martines, 34), Levandovski.

PSJ — Donnarumma, Hakimi, Markinos, Ernandes, Mendesh, Fabian Ruis (Asensio, 77), Vitinya, Zair-Emeri (Ugarte, 80), Dembele (Kolo-Muani, 88), Barkolya (Li Kan In, 77), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Martines (40), Mbappe (40), Fabian Ruis (45+1), Levandovski (50), Markinos (62), Gundo‘g‘an (64), Donnarumma (87), Rafinya (90+7), Lopes (90+7).

Chetlatish: Arauxo (29).

Borussiya D — Atletiko 4:2 (Birinchi o‘yin — 2:1, madridliklar g‘alab qozonishgan)

Gollar: Brandt (34), Matsen (39), Fyullkrug (71), Zabitser (74) — Hummels (49, avtogol), Korrea (64).

Borussiya D — Kobel, Ryuerson, Hummels, Shlotterbek, Matsen, Zabitser, Jan, Brandt (Roys, 90), Sancho (O‘zjan, 86), Adeyemi (Bayno-Gittens, 66), Fullkrug.

Atletiko — Oblak, Molina (Barrios, 46), Ximenes, Ermoso, Vitsel, Aspilikueta (Rikelme, 46), Koke, De Paul (Saul, 84), Lorente, Grizmann, Morata (Korrea, 46).

Ogohlantirishlar: Aspilikueta (30), Ryuerson (43), Ermoso (45+1).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring