Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov, Aziz Magrupov va Alisher Payg‘amov Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Komil Allamjonov, Aziz Magrupov va Alisher Payg‘amov Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarlari etib tayinlandi

Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan qayta tashkil etilgan Prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Aziz Magrupov, prezident devoni ijro sektorining sobiq mudiri Alisher Payg‘amov va o‘z lavozimini saqlab qolgan prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov mazkur lavozimlarga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Prezident devoni Prezident administratsiyasiga aylantirilgani va Zaynilobiddin Nizomiddinov uning rahbari etib tayinlagani haqida xabar berilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring