Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva, Komil Allamjonov va boshqalar — Prezident adminstratsiyasidagi yangi tayinlovlar e’lon qilindi

Saida Mirziyoyeva, Komil Allamjonov va boshqalar — Prezident adminstratsiyasidagi yangi tayinlovlar e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan Prezidenti Administratsiyasida qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Jumladan:

– Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;

– Aziz Yuldashevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;

– Ravshan Ayubovich Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

– Alisher Saidabbasovich Sultanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

– Shuxrat Madaminovich G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

– Muzaffar Murotovich Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

– G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;

– Doniyor Baxtiyorovich Kadirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

– Komil Ismoilovich Allamjonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga;

– Odil Qalandarovich Abduraxmanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;

– Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;

– Alisherbek Azizovich Paygamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;

– Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamentining rahbari lavozimiga;

– Utkirjon G‘ayratovich Kodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;

– Ulugbek Uchkunovich Kurbanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari lavozimiga;

– Sherzod Ikromovich Asadov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimiga;

– Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatilib, Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgadi.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring