Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yarim finalga chiqsak, Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaymiz

Yarim finalga chiqsak, Saudiya Arabistoni bilan o‘ynaymiz

Foto: «the-afc.com»

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining dastlabki chorak finalida mezbon Tailand olimpiya jamoasi Saudiya Arabistoni bilan bahs olib bordi. 

Uchrashuvda penaltidan kiritilgan gol yarim final masalasini hal qildi. O‘yinning 78-daqiqasida Abdulloh Al-Hamdan 11 metrlik jarima aniq amalga oshirdi.

Osiyo chempionati. Chorak final.
Saudiya Arabistoni - Tailand 1:0
Gol: 
Abdulloh Al-Hamdan 78 penaltidan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya termasi ertaga chorak finalda BAA qarshi maydonga tushadi. Mobodo futbolchilarimiz g‘alaba qozonishni uddalashsa, ular 22 yanvar kuni yarim finalda aynan Saudiya Arabistoni bilan o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring