Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunladi

Saudiya Arabistonidagi O‘zbekiston elchisi o‘z diplomatik missiyasini yakunladi

O‘zbekiston elchisi Ulug‘bek Maqsudov bugun Saudiya Arabistonidagi diplomatik missiyasini yakunladi.

Ulug‘bek Maqsudov elchi lavozimda 2018-yilning may oyidan beri ishlab kelayotgan edi.

«Dunyo» AA bergan xabarga ko‘ra, Qirollik rasmiylari bilan o‘tgan xayrlashuv uchrashuvlarida ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni munosabatlaridagi faollik e’tirof etilgan.

Jumladan, 2022-yil 17-18 avgust kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tarixiy davlat tashrifi eslangan.

«Ayni paytda Toshkent shahrida Tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi, 2025 yilda esa «Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» strategik muloqoti bo‘yicha davlat rahbarlari sammitiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikka alohida e’tibor qaratdilar. Ikki mamlakatda O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari ishtirokida navbatma-navbat 8 ta biznes-forum o‘tkazildi. O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni ishbilarmonlar kengashining 3 ta yig‘ilishi – Buxoro, Toshkent va Ar-Riyozda muvaffaqiyatli o‘tkazildi», – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Maqsudov bosh qarorgohi Jidda shahrida joylashgan Islom hamkorlik tashkilotidagi O‘zbekistonning doimiy vakili ham bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonining O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan jami investitsiyasi 30 milliard dollardan ortiqni tashkil etadi. 2-3 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 3-Toshkent xalqaro investitsiya forumida Saudiya Arabistoni biznesining faol ishtiroki kutilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring