Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«XALQ SUG’URTA» kompaniyasi aholiga zamonaviy sug‘urta turlarini taqdim etmoqda

«XALQ SUG’URTA» kompaniyasi aholiga zamonaviy sug‘urta turlarini taqdim etmoqda

Foto: Bank axborot xizmati

Joriy yilning 19-iyun kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida «Yuridik va jismoniy shaxslarga «XALQ SUG‘URTA» kompaniyasi tomonidan taqdim qilinayotgan zamonaviy sug‘urta turlari» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Bu haqda bank axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, «XALQ SUG‘URTA» sug‘urta kompaniyasi 2011-yil 16-mayda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Kompaniyaning to‘liq (100 foiz) ta’sischisi O‘zbekiston Respublikasi AT Xalq banki hisoblanadi. Qisqa vaqt davomida kompaniya sug‘urta bozorida o‘zining raqobatbardoshligini isbotlab, yildan-yilga o‘zining moliyaviy ko‘rsatkichlarini yaxshilab bormoqda.

Kompaniya umumiy sug‘urta sohasida ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turi bo‘yicha 17 xildagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston sug‘urta bozorida mikrosug‘urta sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishdan iborat.

Bugungi kunga kelib kompaniya tizimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 15 ta filial va mazkur filiallar negizida tashkil etilgan 18 ta hududiy bo‘linmalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu tarkibiy bo‘linmalarda 130 ga yaqin xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda.

So‘nggi yillarda «XALQ SUG‘URTA» tomonidan aholini barcha qatlami uchun tushunarli bo‘lgan, soddalashtirilgan sug‘urta shartlarini o‘z ichiga olgan va eng asosiysi  aholi uchun qulay narxlarni qamrab  olgan sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilib, bugungi kunda realizatsiya qilib kelinmoqda. Ushbu sug‘urta mahsulotlari qatoriga «Migrant» sug‘urtasi, «Jismoniy shaxslarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash (geografik hudud)» va «Shinam uy»ni kiritish mumkin.

Mazkur sug‘urta mahsuloti bo‘yicha sug‘urtalangan fuqaro chet elda baxtsiz hodisa natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotganda yoki vafot etganda uni O‘zbekistonga qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlar, shuningdek sog‘lig‘ini tiklash harajatlari sug‘urta puli doirasida sug‘urta kompaniyasi tomonidan to‘lab beriladi.

Bundan tashqari, transport vositalari egalarining va ish beruvchining hamda tashuvchining fuqarolik javobgarliklarini majburiy sug‘urta qilish xizmati yangidan tashkil etildi. Shuningdek, kompaniya qurilish-montaj tavakkalchiligini ham majburiy sug‘urta qilish vakolatiga ega bo‘ldi. «XALQ SUG‘URTA» kompaniyasi tomonidan yaratilgan mazkur yangi imkoniyatlar birinchi navbatda, tadbirkorlarga o‘z bizneslarini himoya qilish imkoniyati beribgina qolmay, fuqarolarning sifatli turmush kechirishlarini kafolatlashga xizmat ko‘rsatadi.

Qayd etilishicha, «XALQ SUG‘URTA» kompaniyasi yurtimizdagi sug‘urta bozorini rivojlantirish, aholi va tadbirkorlarning mol-mulklarini kafolatlash borasida bir qator ijobiy natijalarga erishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring