Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq bankining faoliyatiga doir e’tirozlar qariyb qirq foizga kamaygan

Xalq bankining faoliyatiga doir e’tirozlar qariyb qirq foizga kamaygan

foto: Xalq banki

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Xalq bankida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, 2024-yil uchun belgilangan rejalar» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ayni payt Xalq bankini transformatsiya qilish jarayonining muhim davri sifatida ta’kidlab o‘tildi. Ya’ni bank barcha faoliyatini yangilash bosiqichida.

Xo‘sh bu borada qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

– Bu borada Osiyo taraqqiyot banki bilan strategiyani joriy qilish bo‘yicha bitim imzolanib, 10 ta xalqaro ekspertlar jalb etildi hamda 17 ta strategik yo‘nalishda hamkorlik qilish kelishib olindi, deydi bank Boshqaruv Raisining birinchi o‘rinbosari Zafar Azimov. – Xalq bankining barcha filiallari «Yagona MFO»ga o‘tkazildi. Biznes jarayonlari hamda sarflanadigan xarajatlarni optimallashtirish maqsadida ixcham bank xizmatlari markazlari tashkil etildi. Bu orqali mijozlarga tez va sifatli xizmat ko‘rsatishga erishilmoqda.

Shuningdek, anjumanda aholini bosqichma-bosqich kichik biznes vakiliga aylantirish maqsadida joriy qilingan tizim, dasturlar doirasida «xazna» mobil ilovasi orqali onlayn kredit ajratish yo‘lga qo‘yilgani, mobil ilovaning boshqa ilovalardan afzalligi, hozirda «xazna» mobil ilovasini yuklab olgan jami foydalanuvchilar soni 1 mlndan oshgani haqida to‘xtalib o‘tildi.

– Xususan, bank xizmatlarini masofadan amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish maqsadida yaratilgan «xazna» mobil ilovasi orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga «Biznesga birinchi qadam» dasturi doirasida onlayn tarzda, 2 yil muddatgacha 5 mln. so‘mgacha kredit mablag‘i ajratilmoqda, – deydi AT Xalq banki Bosh amaliyotlar boshqarmasi Xazna raqamli bank xizmatlar markazi boshqaruvchisi Ulug‘bek Gadoyev.  – Ilovada 20 dan ortiq davlat tashkilotlari ma’lumotlar bazasi bilan integratsiya qilingan bo‘lib, bu orqali xizmatlarni raqamlashtirgan holda aholidan ortiqcha hujjatlar talab qilmasdan, ularga masofadan, bepul xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Yana Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda ushbu ilova orqali respublikamiz yoshlariga «Xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplash» tizimidan foydalanish imkoniyati taqdim etildi. Mazkur xizmatdan foydalanib, istalgan vaqtda, bankka kelmasdan mablag‘ni bank kartasiga yuklab olish mumkin.  Masalan o‘tgan yili 9 654 nafar yoshlarning 17 mlrd. so‘mlik mablag‘lari qoplab berildi.

Tadbir doirasida yana bir ma’lumot bankning transformatsiya jarayoni haqida tasavvur uyg‘otadi, ya’ni bankning ijobiy imijini shakllantirish bo‘yicha Mijozlarning Xalq bankiga loyallik indeksi o‘tgan 2 yil ichida 5 barobarga oshib, yil  yakuniga kelib, 4.2 punktga yetdi. Aholi va mijozlar tomonidan internet tarmoqlarida qoldirilayotgan izohlar, murojaatlarga tezkor javob qaytarish, ularning monitoringini olib borish natijasida faoliyatga doir e’tirozlar qariyb 40%ga kamaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring