Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Voronejlik vrachlar adashib sog‘ oyog‘ini kesib tashlagan keksa ayol vafot etdi

Voronejlik vrachlar adashib sog‘ oyog‘ini kesib tashlagan keksa ayol vafot etdi

Foto: «RIA Novosti»

Chorshanba, 21-noyabrga o‘tar kechasi Voronejda 89 yoshli Mariya Dronova vafot etdi. Shifokorlar avvaliga bu ayolning sog‘ oyog‘ini, keyin kasal oyog‘ini kesishgani internet olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi.

— U (Mariya Dronova) so‘nggi kunlarda yozini yomon his qilar, zo‘rg‘a yeb-ichayotgandi, — deyishgan hududiy sog‘liqni saqlash departamentidagilar.

Eslatib o‘tamiz, 4-noyabr kuni bu keksa ayol Voronejdagi 3-kasalxonaga «o‘ng oyoq tovoni gangrenasi» tashxisi bilan keltirilgan. Shifokorlar esa uning chap oyog‘ini amputatsiya qilishgan... Oradan uch kun o‘tib, o‘ng oyoqni ham kesishdi. Bemorning o‘g‘li huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilganidan so‘ng jinoyat ishi ochilgan.

— Jinoyat ishi ochilishi vrach aybdor degani emas. Hammasi tergov natijalariga bog‘liq, — dedi Rossiya Tergov qo‘mitasining Voronej boshqarmasi vakili Olga Bovt.

3-kasalxona bosh shifokori Sergey Shamsutdinovning fikricha, jarrohlar o‘z ishini to‘g‘ri bajargan.

— Bemorga yuzaga kelgan vaziyatda barcha kerakli yordam ko‘rsatilgan, — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring