Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Himoya vositalari yetishmayotganidan shikoyat qilgan rossiyalik shifokor derazadan tushib ketdi

Himoya vositalari yetishmayotganidan shikoyat qilgan rossiyalik shifokor derazadan tushib ketdi

Foto: «EPA/Vostock-photo»

Voronej viloyati Novousmanskaya shifoxonasida ishlagan tez tibbiy yordam shifokori Aleksandr Shulepov o‘zi koronavirusdan davolanayotgan tibbiyot muassasasi derazasidan tushib ketdi. Bu haqda 2-may, shanba kuni «Interfaks» xabar berdi.

Agentlikning yozishicha, yiqilish natijasida shifokorning bosh suyagi singan. Ayni vaqtda u reanimatsiyada. Sog‘liqni saqlash hududiy bo‘limi hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Aprelning oxirida Shelupov hamkasbi Aleksandr Kosyakin bilan birgalikda videomurojaat orqali koronavirus aniqlangan bo‘lishiga qaramay, uni ishlashga majbur qilishayotganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, shifokor tibbiyot xodimlari himoya vositalari bilan ta’minlanmayotgani hamda yangi infeksiyaga tekshirishmayotganidan arz qilgan. Sog‘liqni saqlash hududiy bo‘limi esa buni feyk deb atagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring