Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UzAutoTrailer Samarqandda KAMAZ bilan hamkorlikda yangi yig‘uv liniyasini ishga tushirdi

UzAutoTrailer Samarqandda KAMAZ bilan hamkorlikda yangi yig‘uv liniyasini ishga tushirdi

Foto: UzAuto

«UzAuto Trailer» kompaniyasi «KAMAZ» IChAJ bilan hamkorlikda yangi KAMAZ avtomobillarining shassisini yig‘ish liniyasini rasman ishga tushirdi. Tantanali marosim Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekiston Respublikasiga ishchi tashrifi doirasida o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilarini Samarqand viloyati hokimi E. Turdimov, Tatariston Respublikasi Prezidenti R. Minnixanov, «O‘zavtosanoat» AJ Boshqaruvi raisining o‘rinbosari R. Yusupov, «KAMAZ» IChAJ bosh direktori S. Kogogin va «UzAuto Trailer» MChJ Bosh direktori A. Hojiboyev qutladilar.

Yangi yig‘uv liniyasi umumiy maydoni 7,4 ming kv.m bo‘lgan yangi ishlab chiqarish korpusida tashkil etilgan. Liniya zamonaviy texnologik va yordamchi jihozlar bilan ta’minlangan, ular yiliga 3 000 donadan ortiq yuk mashinalarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Korpusda, shuningdek, gaz-ballon jihozi ishlab chiqarish va «KAMAZ» shassisiga o‘rnatish uchastkasi ham tashkil etilgan.

Yangi liniyani tashkil etish mahalliylashtirilgan akkumulyatorli batareyalar, yoqilg‘i-moylash materiallari, gaz ballonlari va mahalliy ishlab chiqarishga mansub boshqa butlovchi qismlardan foydalangan holda, «KAMAZ» shassisini ishlab chiqarishning yanada chuqurroq texnologik bosqichiga o‘tish imkonini berdi.

Tantanali ochilish marosimi doirasida, shuningdek, «UzAuto Trailer» MChJni, zavodda ishlab chiqarilayotgan samosval kuzovlar sifatining e’tirofi o‘laroq, Hardox in My Body sertifikati bilan taqdirlash ham o‘tkazildi. Sertifikatni Jonni Sostrem – Strenx, Hardox, Docol va boshqa mashhur brendlar ostida yuqori mustahkamlikdagi po‘lat ishlab chiqaruvchi jahondagi yetakchi SSAB shved kompaniyasi vitse-prezidenti taqdim etdi.

Tadbirni «UzAutoTrailer» MChJ va «KAMAZ» IChAJ AJ o‘rtasida “KAMAZ ASIA LEASING” qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlarini imzolash marosimi davom ettirdi.

Lizing kompaniyasining ustav fondi 5 mln dollarni tashkil qiladi, uning 2,5 mln. dollari Rossiya tomonining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasidir.

Kutilishicha, qo‘shma korxona «KAMAZ» avtomobillarini lizingga olish bo‘yicha «yagona darcha» rejimida kompleks mahsulot taklif etadi, uning ichiga sug‘urtalash, telematik jihozlar o‘rnatish va boshqalar ham kiradi. Shuningdek, onlayn xizmat ko‘rsatish va sadoqat dasturi ishga tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil dekabrda «UzAutoTrailer» MChJ zavodida «KAMAZ» avtotransport vositalarini «UzAutoTrailer»da ishlab chiqarilgan ustqurmalar va yarim tirkamalari o‘rnatilgan yirik uzelli ishlab chiqarish boshlangandi. 2018 yil mart oyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan «KAMAZ» yuk avtomobillarining taqdimoti o‘tkazildi. Bir necha oydan so‘ng kompaniya «KAMAZ» avtomobillarini sota boshladi va o‘tgan davr mobaynida «KAMAZ» shassisidagi tayyor transport vositalarini ishlab chiqarish hajmi 1 900 donadan ortdi. Bugungi kunda zavodda ishlab chiariladigan «KAMAZ» yuk mashinalarining modellar qatori yuk ko‘tarish qobiliyati 10dan 36 tonnagacha bo‘lgan 18 dan ziyod texnikani o‘z ichiga oladi.



Ma’lumot uchun:

«UzAuto TRAILER» kompaniyasi to‘g‘risida
2012 yilda «O‘zavtosanoat» AJ mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida «UzAutoTRAILER» korxonasini tashkil qildi. Kompaniya samosvalli kuzovlar, bortli, izotermik, tentli va yaxlit metalli furgonlar, samosval yarim tirkamalari, konteyner tashuvchilar ishlab chiqarishning to‘liq siklini o‘zlashtirdi. 2017 yil dekabrdan “KAMAZ” rusumidagi yuk mashinalarini yig‘ish bo‘yicha «KAMAZ» IChAJ bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Zavodning umumiy ishlab chiqarish maydoni 30 ming kv.m bo‘lib, korxonada 410 nafar malakali xodim ishlaydi, u o‘z konstruktorlik byurosiga ega.

«KAMAZ» kompaniyasi to‘g‘risida
«KAMAZ» kompaniyalar guruhi – Rossiya Federatsiyasidagi eng yirik avtomobilsozlik korporatsiyasi. «KAMAZ» IChAJ dunyodagi og‘ir yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchilarning yetakchi yigirmataligiga kiradi va to‘liq massasi 16 tonnadan ortiq bo‘lgan og‘ir yuk mashinalarini ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha 16- o‘rinda turadi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 71 mingta avtomobilni tashkil qiladi. «KAMAZ» IChAJ tashkilotlar guruhining umumiy ishlab chiqarish kompleksi yuk avtomobillarining butun texnologik siklini – avtotexnika va avtokomponentlarni ishlab chiqish, tayyorlash, yig‘ishdan tortib tayyor mahsulotni sotish va servis xizmatini ko‘rsatishgacha qamrab oladi. «KAMAZ» IChAJ tashkilotlar guruhi Rossiya, MDH va uzoq xorijdagi 84 ta kompaniyani birlashtiradi. «KAMAZ» IChAJ texnologik zanjiri guruhida bugungi kunda jami 36 000 nafar kishi ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring