Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyadagi zilziladan 49 kun o‘tib vayronalar ostidan mushuk tirik topildi

Turkiyadagi zilziladan 49 kun o‘tib vayronalar ostidan mushuk tirik topildi

Foto: AA

Turkiyadagi dahshatli zilziladan 49 kun o‘tib «Xon» laqabli mushuk vayronalar ostidan tirik olib chiqildi.

Oyog‘i singan va qattiq suvsizlangan hayvon ayni damda davolanmoqda, deyiladi BIA xabarida.

Mushukning egasi Nida Dina va uning qizi Marash shahridagi uylarning birida ijarada yashagan. 6 fevral soat 04:17 da 7,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Dina va uning qizi qattiq shikastlangan uydan qochishga muvaffaq bo‘lishdi, ammo «Xon» ichkarida qoldi. O‘sha kuni soat 13:24 da sodir bo‘lgan 7,6 magnitudali ikkinchi zilzilada 11 qavatli bino qulab tushdi.

36 yoshli Dina qariyb qirq kunni uyi yonidagi mashinasida o‘tkazdi. 49 kundan keyin «Xon»  vayronalar ostidan qutqarildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring