Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erdo‘g‘on Bayden bilan uchrashuvini keyinga qoldirdi – OAV

Erdo‘g‘on Bayden bilan uchrashuvini keyinga qoldirdi – OAV

Rajab Toyyib Erdo‘g‘on AQShga 9-mayga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi, deb yozmoqda Reuters nashri turk rasmiysiga tayanib.

Turkiyaning Hurriyet gazetasi bir necha kun avval Isroil tomoni Turkiya prezidentining Qo‘shma Shtatlarga tashrifini Erdo‘g‘onning HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya bilan uchrashuvidan keyin bekor qilishga uringani haqida yozgan edi.

Turkiyaning T24 gazetasiga ko‘ra esa Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning may oyida AQShga rejalashtirilgan tashrifining bekor qilinishiga Turkiyaning Iroq shimolidagi harbiy amaliyoti bo‘yicha kelishmovchiliklar va Vashington tomonidan Anqaraga iqtisodiy imtiyozlar berish haqidagi umidlarining amalga oshmagani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring