Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Transport vazirligi huzuridagi inspeksiyaga boshliq tayinlandi

Transport vazirligi huzuridagi inspeksiyaga boshliq tayinlandi

Foto: «Spot»

Hukumat qarori bilan Doniyor Baxtiyorovich Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Inspeksiya davlat, xo‘jalik boshqaruvi organlari va temir yo‘l transporti sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar tomonidan temir yo‘l transporti sohasida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid belgilangan qoidalar va normalarga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring