Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijonda ikki tuman hokimi o‘zgardi

Andijonda ikki tuman hokimi o‘zgardi

Marhamat tumani hokimi lavozimiga Ma’murov O‘tkirbek Komiljonovich tayinladi.

O‘tkirbek Ma’murov 1973 yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda «K.Timirzayev» nomli Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida qishloq xo‘jaligi sohalarida agronom, mudir, rais o‘rinbosari, rais, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari kabi lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Buloqboshi tumani hokimi lavozimiga Bo‘taxonov Furqatbek Tojimuhammadovich tayinladi.

Furkatbek Bo‘taxonov 1985 yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2013 yilda Andijon qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida moliya, elektr ta’minoti, iqtisodiyot, investitsiya va aholi bandligini ta’minlash sohalarida g‘aznachi, hisobchi, bo‘lim boshlig‘i, bosh mutaxassis hamda tuman hokimi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Ushbu lavozimiga tayinlanguniga qadar Buloqboshi tumani hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring