Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp: «Ular haqiqiy irqchilar va mamlakatimiz uchun o‘ta zararli»

Tramp: «Ular haqiqiy irqchilar va mamlakatimiz uchun o‘ta zararli»

Foto: «Zvezda TV»

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kinosanoatini irqchilik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilishda aybladi.

«Liberal Hollivud — yovuzlik va nafratni o‘zida jamlagan o‘ta irqchilik ifodasi», — Amerika rahbari o‘z qarashlarini 9-avgust kuni «Twitter» ana shunday yozib qoldirdi.

Trampning nazarida Hollivud o‘zini elita deb hisoblaydi, ammo aslida bunday emas. Haqiqiy elita Hollivudga qarshi.

AQSh prezidenti yangidan-yangi filmlar vahima uyg‘otish uchun yaratilayotganini aytdi. Ular shafqatsiz sahnalarni suratga olishadi, keyin esa boshqalarni ayblashadi.

«Ular haqiqiy irqchilar va mamlakatimiz uchun o‘ta zararli», — ta’kidladi Tramp.

Trampning ushbu so‘zlari yaqinda El-Pasoda (Texas shtati) bir odam «Walmart» supermaketida odamlarni o‘qqa tutgani bilan bevosita bog‘liq. Keyin ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi meksikaliklarni qirg‘in qilishga kelgan ekan.

Ushbu xunrezlik 22 kishining o‘limi bilan tugagan, shularning yetti nafari Meksika fuqarolari edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring