Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga bunday topshiriq berilmagan

Talabalarga bunday topshiriq berilmagan

Bitiruvchi kurs talabalariga diplom olish uchun ish beruvchi korxonalardan shartnoma olib kelishini ta’minlash vazifasi yuzasidan Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan biror tashkilot yoki korxonadan uch tomonlama shartnoma tasdiqlatib kelishi talab etilayotgani bilan bog‘liq holatlar keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan edi.

Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga so‘rov yuborilgandi. Ushbu so‘rovga Vazirlik o‘z javobini bildirdi.

Unda qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasalariga bitiruvchi kurs talabalaridan diplom olish uchun ish beruvchi korxonlardan shartnoma olib kelishi yuzasidan topshiriq berilmagan. Biroq ayrim oliy ta’lim muassasalarida talabalardan ish beruvchi korxonalardan shartnoma talab qilinayotgan holatlar bo‘lsa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi «Ishonch» telefonlariga murojaat qilish mumkinligi ma’lum qilingan.

Mazkur masala yuzasidan turli e’tirozlar yuzaga kelmasligi uchun oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va mas’ul shaxslar qat’iy ogohlantirilgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kelajagimiz egalari bo‘lmish yosh avlod vakillarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim, deb yozadi Odiljon Iminov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring