Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Talabalar bahori» an’anaviy festivalida 10 ming talaba qatnashdi (video)

O‘zbekiston Milliy universitetida «Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz!» shiori ostida «Talabalar bahori» an’anaviy festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Olmazor tumani hokimligi, «Yoshlik» talabalar shaharchasi va boshqa idora-tashkilot vakillari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va jamoasi, shuningdek, 10 ming nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Festival doirasida barcha fakultetlar tomonidan respublikamiz viloyatlarining urf-odatlari va milliy qadriyat va an’analarining namoyishi, talaba-yoshlar o‘rtasida «Mohir oshpazlar» ko‘rik tanlovi hamda turli sport o‘yinlari, jumladan, kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari o‘tkazildi. Talabalar tomonidan tashkil etilgan sahna ko‘rinishlari bayram sayliga tashrif buyurgan mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring