Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda ukalarining himoyasini bahona qilgan aka raqibini pichoqladi

Surxondaryoda ukalarining himoyasini bahona qilgan aka raqibini pichoqladi

2020 yil 2 iyun kuni soat 12:30da 23 yoshli A.X. Termiz tumanning «Xalqobod» mahallasida joylashgan bog‘ hududida, shu bog‘da ishlovchi 20 yoshli S.X. bilan ziddiyatga borib qoladi. Bundan avval A.X.ning ukalari 21 yoshli Z.A. va 18 yoshli Z.A. bilan S.X. o‘rtasida janjal bo‘lgan edi. A.X. ukalarini himoya qilish bahonasida S.X. bilan o‘zaro janjallashib urishib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan S.X.ning chap biqin sohasiga bir marta sanchib, unga tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda S.X. Termiz shahridagi RShTYoIM SFning 1-jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Sudga oid tibbiy ekspertiza xulolasiga ko‘ra, S.X.ga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring