Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi mushtlashdi. Ikkalasi ham shifoxonaga yotqizilgan

Shahrisabzda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi mushtlashdi. Ikkalasi ham shifoxonaga yotqizilgan

Foto: «Xabar.uz»

Shahrisabz shahridagi maktabda direktor o‘rinbosari va yuqori sinf o‘quvchisi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi.

Shahrisabz shahar hokimligi matbuot xizmati munosabat berishicha, shaharning «Kamolot» MFY, Ipak-Yo‘li ko‘chasi 160/8-uyda yashovchi fuqaro Sh. K. 2024 yil 19 fevrali kuni VIIB 102-qisqa raqamiga murojaat qilgan.

Murojaati yuzasidan surushtiruv harakatlari olib borilganda, shu kuni soat 10:45 lar atrofida Shahrisabz shahar 1-sonli o‘rta umum ta’lim maktabda, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh. K. dars vaqtida o‘quvchilar darsga kirmasdan qor o‘ynaganlari uchun u o‘quvchilarni maktab hovlisidan sinfxonaga kirgizmoqchi bo‘lgan.

Shu paytda 10 f-sinf o‘quvchisi J. B. direktor o‘rinbosariga  qarshilik ko‘rsatgan. Shundan so‘ng Sh. K. o‘quvchini xonasiga olib kirib gaplashgan va uni urgan, o‘quvchi ham Sh.K.ning yuz qismiga musht tushirgan.

Hozirgi kunda o‘quvchi va o‘qituvchi ham shifoxonaga yotqizilgan. Shahrisabz shahar IIB tomonidan tergovga qadar  tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring