Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudanning sobiq prezidenti uyidan millionlab yevro topildi

Sudanning sobiq prezidenti uyidan millionlab yevro topildi

Foto: «360tv.ru»

Sudan harbiy prokuraturasi xodimlari sobiq prezident Umar al-Bashir istiqomat qilgan uyda tintuv o‘tkazdi. Natijada millionlab yevro va mahalliy valyutada milliardlab pul topilgan.

Tintuv davomida olti million yevro, 351 ming AQSh dollari va besh milliard sudan funti (tahminan 105 million dollar) musodara qilindi. Ushbu mablag‘ mamlakat markaziy bankiga yo‘naltirilgan.

Umar al-Bashirga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan korrupsiya bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi. Eslatib o‘tamiz, 11 aprelda Sudanda to‘rt oy davom etgan xalq noroziliklaridan so‘ng harbiy davlat to‘ntarishi amalga oshirilgan edi. Prezident Umar al-Bashir va uning hamkorlari hukumatdan chetlatilgandi.

Oradan biroz vaqt o‘tgach sobiq prezident, uning oilasining ba’zi a’zolari va yuqori lavozimda ishlab kelgan shaxslar qamoqqa olingan edi. Hokimiyat esa harbiy kengash qo‘liga o‘tdi. Sudanda ikki yil davomida saylov o‘tkazilishi lozim.

Ammo fuqarolarning noroziligi hamon tingani yo‘q. Sudan xalqi harbiylardan fuqarolik boshqaruv organlari tuzishni talab qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring