Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda 10 million so‘mga «tushgan» iste’molchining puli qaytarildi

Buxoroda 10 million so‘mga «tushgan» iste’molchining puli qaytarildi

Foto:«Xabar.uz»

Qorovulbozor tumanida yashovchi Nodir Rahimov G‘ijduvon tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor Savriyev Aleksandr Iskandarovichdan 2017-yilda 10 000 000 (o‘n million) so‘mga isitish qozoni sotib olgan.

Nodir Rahimov isitish qozoni sifatsizligi tufayli 2018-yil boshlarida uni qaytarib bergan, ammo tovar uchun to‘lagan pulini qaytarib olishda muammolarga duch kelgan. Bir yil sarson bo‘lib, pulini qaytarib ololmagach, 2019-yil 29-mart kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga yordam so‘rab murojaat qildi.

O‘rganish jarayonida tadbirkorga qonun doirasida savdo qoidalari va iste’molchilar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada 10 000 000 so‘m nakd pul iste’molchiga qaytarib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring