Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shri-Lankada portlashni uyushtirganlar oyoq kiyim do‘konidan topildi

Shri-Lankada portlashni uyushtirganlar oyoq kiyim do‘konidan topildi

Foto: «Reuters»

Shri-Lankadagi portlashlarni uyushtirishda asosiy gumondorlar — aka-ukalar Muhammad Saadik Abdul Haq va Muhammad Saaxid Abdul Haq qo‘lga olindi.

Xabar qilinishicha, ular Gampola shahridagi qarindoshlariga tegishli oyoq kiyim do‘koniga bekinib olgan bo‘lgan. Ular bilan birga shaharga kelgan furgon egasi va do‘kon xo‘jayini ham qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, 21 aprelda Shri-Lankada portlashlar bo‘lgan edi. Oxirgi xabarlarga qaraganda 359 kishi halok bo‘lgan va 500 dan ortiq inson yaralangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring