Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shri-Lanka parlamenti mamlakat prezidentini iste’foga chiqarishga qaror qildi

Shri-Lanka parlamenti mamlakat prezidentini iste’foga chiqarishga qaror qildi

Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa iste’foga chiqishi kerak. Tegishli qarorni mamlakat parlamenti favqulodda yig‘ilish doirasida qabul qildi.

Nashrning yozishicha, yig‘ilishda Shri-Lanka parlamenti Rajapaksani o‘z lavozimini tark etishga chaqirgan.

Avvalroq davlat rahbarining mamlakatni samolyotda tark etishga urinishlari haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Prezident kotibining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rajapaksa qayerda ekani ma’lum emas.

9 iyul kuni siyosiy faollar Shri-Lankadagi iqtisodiy inqiroz tufayli hukumatga qarshi namoyish boshlashdi. Minglab odamlar poytaxt ko‘chalariga chiqdi. Natijada namoyishchilar Rajapaksa qarorgohiga bostirib kirishga muvaffaq bo‘ldi.

Shri-Lanka 1948 yilda mustaqillikka erishganidan beri eng yomon moliyaviy inqirozga yuz tutmoqda. Davlat yoqilg‘i importi uchun pul to‘lashga qodir emas, shuning uchun yetkazib beruvchilar orolga neft jo‘natishdan bosh tortishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring