Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shahrisabzda bir oilaning 4 a’zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi

Shahrisabzda bir oilaning 4 a’zosi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi

2020-yilning 8-yanvar kuni soat taxminan 04:00larda Shahrisabz tumani Xitoy mahallasida yashovchi 47 yoshli fuqaro N.B.ning yashash uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Yong‘in natijasida N.B. va uning turmush o‘rtog‘i 38 yoshli G.E., 10 yoshli D.N., 8 yoshli A.N.lar kuyishdan tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Hozirda hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda, yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, yong‘in uydagi gilam tagiga tashlangan elektr toki yordamida ishlovchi pol isitgichining qizib ketishi natijasida sodir bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring