Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni. 13 yoshida hibsga olingan bola qatl etiladimi?

Saudiya Arabistoni. 13 yoshida hibsga olingan bola qatl etiladimi?

Foto: «Al Jazeera»

Saudiya Arabistonida 13 yoshida hibsga olinib, o‘tgan to‘rt yil davomida qamoqda saqlanayotgan Murtajo Qurairisga o‘lim jazosi berilishi mumkin.

«Yevronyus» xabariga ko‘ra, Qurairisning akasi «Arab bahori» doirasida Saudiya Arabistonining sharqiy hududlarida o‘tkazilgan norozilik namoyishi chog‘ida xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘ldirilgan, Qurairis bunga norozilik bildirgan. Oradan uch yil o‘tib, uning oilasi Bahraynga ketayotganida esa hibsga olingan.

Hozir 18 yoshga kirgan Qurairisga terror tashkilotiga a’zo bo‘lish, akasining janozasida marsh o‘tkazish va xalqni isyonga undash ayblari qo‘yilgan. Mahalliy qonunchilikka ko‘ra, u o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.

«Xalqaro amnistiya» tashkiloti Saudiya Arabistoni hukumatini 13 yoshida qamalgan bolani o‘limga hukm etmaslikka chaqirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring