Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya uchun tarixiy ko‘rsatkich — endi faqat neft emas

Saudiya uchun tarixiy ko‘rsatkich — endi faqat neft emas

Foto: Saudi Gazette

Saudiya Arabistoni iqtisodiyotida neftlashmagan sektorning ulushi 2023-yilda 50 foizga yetib, podshohlik tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot va rejalashtirish vazirligi ma’lum qildi.

Pulga chaqqanda, neftdan xoli sektorning iqtisodiyotga ulushi 1,7 trillion saudiya riali (453,3 mlrd AQSh dollari atrofida)ni tashkil etdi. Neft bilan bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiyot sohasining yuqori ko‘rsatkichlariga asosiy sabab sifatida so‘nggi ikki yil mobaynida nodavlat investitsiyalarning 57 foiz o‘sishi ko‘rsatilmoqda. O‘tgan yili neft bilan bog‘liq bo‘lmagan sektorga xususiy investitsiyalar miqdori 959 milliard rial (taxminan 255,7 mlrd dollar)ni tashkil etdi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni statistika bosh boshqarmasi podshohlikning neft eksportiga bog‘liq iqtisodiyoti 2023-yil yakunlari bo‘yicha 0,9 foizga qisqarganini, holbuki bu ko‘rsatkich bir yil muqaddam 8,7 foiz o‘sganini qayd etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring