Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispan osmonida samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi

Ispan osmonida samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi

Foto: «CNN»

Ispaniyaning Mayorka (Malorka) oroli tepasida samolyot va vertolyot to‘qnashib ketdi. Oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi, deb yozmoqda «CNN».

Fojia Inka shahri osmonida sodir bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, samolyot salonida ikki kishi, vertolyotda esa besh kishi, jumladan, ikki nafar yosh bola bo‘lgan. Aviahalokatning barcha ishtirokchilari hayotdan ko‘z yumishgan.

Falokat 25-avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:50 da yuz bergan. To‘qnashuv sababi haligacha aniqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring