Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston prezidentining tashrifi, Notr-Dam cherkovida yong‘in, yashin urgan Burj-Xalifa va boshqa xabarlar

Qozog‘iston prezidentining tashrifi, Notr-Dam cherkovida yong‘in, yashin urgan Burj-Xalifa va boshqa xabarlar

Foto:«Xabar.uz»

15-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting.

Siyosat

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev rasmiy kutib olindi 

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ko‘ksaroy qarorgohida Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Har ikki davlat madhiyasi yangradi.

Xorij

Parijdagi mashhur Notr-Dam cherkovi yondi (video)

Parijdagi mashhur Notr-Dam cherkoviga yong‘in tushdi. Bu haqda Tvitter foydalanuvchilari video joylashdi. Videoda aks etishicha, cherkovning tom qismi to‘liq alanga ichida qolgan. Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida ma’lumot yo‘q.

  

Dunyodagi eng baland binoni yashin urdi (video)

Dubayda joylashgan dunyodagi eng baland bino — Burj-Xalifa minorasini chaqmoq urdi. Ushbu hodisa videoyozuvini Dubay voris shahzodasi Shayx Hamdon bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum «Twitter»ga joyladi.

Ob-havo ma’lumoti

Ob-havo: 16-aprel kuni yurtimizda yomg‘ir yog‘ishi kutiladi

Tavsiya qilamiz

Sergeli muammosi: tanganing uchinchi tomoni

Gulnora, «Qodirov ishi», korrupsiya va o‘lim jazosi (6-maqola)

O‘tgan davrda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilotlarning o‘zi aksariyat hollarda korrupsiya botqog‘iga botib ketgani kimga sir edi?! Poraxo‘rlarning «joyini ko‘rsatib» qo‘ygan mas’ul-u majburlarning o‘zlari pora orqasidan kekirib-o‘kirib ketmaganmidi?! «Prokuratura» va «poraxo‘ratura» so‘zlari egiz tushunchaga aylanib, bitta ma’no kasb etayozmaganmidi?! Keyingi ikki yarim yil ichida eng ko‘p «tozalangan» shu tizim emasmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring