Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni 70 yoshga kirgani bilan tabrikladi

Mirziyoyev Qasim-Jomart Toqayevni 70 yoshga kirgani bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zaro muloqotda O‘zbekiston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayevni 70 yoshlik yubileyi bilan tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi alohida qayd etildi.

Shuningdek, oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning may oyi boshida Toshkent shahrida o‘tgan yig‘ilishining sermahsul natijalari yuqori baholandi.

Qo‘shma tashqi savdo kompaniyasini ishga tushirish va Sanoat kooperatsiyasi xalqaro markazini tashkil etish yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring