Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toqayev Shavkat Mirziyoyevni referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Toqayev Shavkat Mirziyoyevni referendumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayev o‘rtasida bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari va yirik kooperatsiya loyihalarining borishi muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklagan.

Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Qozog‘iston yetakchisi va qardosh xalqini davlat bayrami – Birdamlik kuni bilan samimiy tabrikladi.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlarining qarorlarini o‘z navbatida amalga oshirish, eng avvalo, ustuvor tarmoqlardagi kooperatsiya dasturlarini tayyorlash va bajarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu munosabat bilan hukumatlarga shu hafta Toshkent shahrida o‘tadigan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi davomida qo‘shma loyihalarni jadallashtirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring