Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Diqqat! Pasportni almashtirishga oz muddat qoldi

Diqqat! Pasportni almashtirishga oz muddat qoldi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda biometrik pasport olmagan fuqarolar nobiometrik pasportlarini almashtirish muddati 2019-yil 31-dekabr etib belgilangan bo‘lib, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolar dekabr oyi kelishini kutib o‘tirmasdan hoziroq doimiy yashash manzillaridagi IIB MvaFR xizmatlaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga zaruriy hujjatlar bilan murojaat etishlari va biometrik pasport olishlari zarur. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV MvaFRBB xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, aholini biometrik pasport bilan ta’minlash jarayonlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmatlari ma’lumotlarni yig‘ish punktlarida izchillik bilan davom ettirilmoqda.

Pasportning amal qilish muddati o‘tganligi, yo‘qotganligi yoki ehtiyotsizlik oqibatida yaroqsiz holga keltirganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 223-moddasida belgilangan tartibda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Shu sabab, biometrik pasportga ega bo‘lmagan fuqarolarimizni IIB MvaFR bo‘limlaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktlariga murojaat etishlari hamda nobiometrik pasportlarni o‘z vaqtida almashtirishlari so‘ralmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring