Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

20 yil pasportsiz yashagan aktyor

20 yil pasportsiz yashagan aktyor

Bu aktyorni ko‘rishi bilan hamma tanirdi. Rejissyor Leonid Gaydayning «Kavkaz asirasfilmidagi bosh qahramon Ninaning tog‘asi rolini o‘ynaganidan so‘ng yopirilgan shon-shuhrat unga unutilmas qiyofa berdi.

Frunzik Mkrtchyanni boshqa aktyorlar bilan adashtirib yuborishning iloji yo‘q edi. Uning mashhurligi shunchalik yuksak bo‘lganki, hatto yonida pasport olib yurmagan: axir hamma tanisa hujjat ko‘tarib yurishning nima keragi bor?

Mkrtchyanning shaxsini tasdiqlovchi ikkita hujjati bor edi: birinchisi haqiqiy sovet pasporti, ikkinchisi esa uy qurilishi uchun unga do‘stlari tomonidan berilgan guvohnoma. Aytgancha, aktyorning ismi ham ikkita bo‘lgan: ikkinchi «pasport»da Mher yozilgandi, bu arman tilida «quyosh» degan ma’noni anglatadi.

Bu kulgili, ammo ikkita hujjatga ega bo‘lgan Mkrtchyan ikkalasini ham birdaniga yo‘qotdi. Va yigirma yil mobaynida uning pasportini tiklashiga ehtiyoj ham tug‘ilmadi. Frunzik Mkrtchyan buni xohlamagan va sababini oddiygina qilib tushuntirgan: unga hujjatlar kerak emas, aktyorni hamma joyda taniydilar va o‘tkazib yuboradilar.

Ehtimol, aql bovar qilmas bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin Mkrtchyanga, hatto Moskvadagi Kremlga ham hujjatsiz kirishiga ruxsat berilgan.

Frunzik Mkrtchyan Georgiy Daneliya va Vaxtang Kikabidze bilan birga «Mimino» filmi uchun davlat mukofotini olishi kerak edi. Kremlga kirish joyida soqchilar aktyorlar va rejissyordan hujjatlarini ko‘rsatishni so‘rashdi. Kikabidze va Daneliya pasportlarini ko‘rsatdi, Mkrtchyan esa shunchaki jilmayib dedi: «chet ellik ayg‘oqchilar Kremlga hujjatsiz keladimi?»

Ajablanarlisi shundaki, bu gap foyda berdi: aktyorni bajonidil Kremlga kiritib yubordilar.

A.Fathullayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring