Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekkino» Milliy agentligining Badiiy kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

«O‘zbekkino» Milliy agentligining Badiiy kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan «O‘zbekkino» Milliy agentligining Badiiy kengashi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Badiiy kengash kinoloyihalarni ko‘rib chiqish, saralash va davlat ijtimoiy granti asosida filmlar yaratish masalalari bo‘yicha xulosa va tavsiya berish vakolatiga ega bo‘lgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organ hisoblanadi.

Mazkur hujjat bilan Kengashning maqsadi va vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilandi.

Kengash tarkibi prodyuserlar, adiblar, tarixchilar, kinooperatorlar, rejissyorlar, kinoprokatchilar, kinotanqidchilar, psixologlar, kinematografiya sohasidagi nodavlat tashkilotlar vakillari va boshqa mutaxassislardan iborat bo‘ladi.

Kengash tomonidan qabul qilinadigan qarorlardan bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lgan shaxslarning Kengash tarkibiga kirishiga va ularning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bundan tashqari, Kengash kinoloyihalarni ko‘rib chiqish va baholash uchun kamida bir oyda bir marta chaqiriladi.

Shuningdek, Kengash a’zolari tomonidan quyidagi holatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

-taqdim qilingan kinoloyihalarning muhokamasida ijodkorlarning shaxsiyatini kamsitish;
kinoloyihalarning qiymatini sun’iy ravishda oshirish yoki pasaytirish;

- davlat ijtimoiy grantiga talabgor bo‘lgan kinostudiyalarga bosim o‘tkazish, ularni noqonuniy ravishda tanlovdan chetlatish;

Kengash tomonidan tasdiqlanmagan va rasmiy tus olmagan noto‘g‘ri axborotlarni tarqatish.

Kengash a’zolari har oyda eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida rag‘batlantirib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring