Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonning yangi kinolari» oyligi bo‘lib o‘tmoqda

Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan «Yangi O‘zbekistonning yangi kinolari» oyligi bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab 15 avgustdan 15 sentyabrga qadar «Yangi O‘zbekistonning yangi kinolari» oyligi o‘tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyatidan boshlangan Kinokarvon safari Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham bo‘lib O‘tdi. Kinokarvonning ilk manzili bo‘lgan Sirdaryo viloyatining Yangiyer va Shirin shaharlarida tashkil etildi. Unda muxlislar taniqli kinoijodkorlar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva, aktyorlar Shavkat Komilov, Otabek Haqberdiyev, Muqaddas Sa’dullayeva, Said Muxtorov, Umid Shodmonovlar bilan uchrashuvlarda qatnashdilar. Xalq bilan ko‘rishuvdan so‘ng kinoijodkorlar Yangiyer shahridagi Muruvvat uyiga ham tashrif buyurib, bemorlar holidan xabar olishdi.

Shu bilan birga, Kinokarvon tadbirlari doirasida yurtdoshlarimiz uchun «Bardosh» va «Sudya» badiiy filmlari namoyish etildi.

«Yangi O‘zbekistonning yangi kinolari» shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar respublika bo‘ylab davom etishi rejalashtirilgan. Kinooylik davomida 50 dan ortiq badiiy, animatsion va hujjatli filmlarning namoyishlari o‘tkaziladi. Bundan tashqari yurtimiz telekanallarida ham milliy filmlarning televizion namoyishi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring