Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-qirg‘iz hamkorligida yengil avtomobillar ishlab chiqariladi

O‘zbek-qirg‘iz hamkorligida yengil avtomobillar ishlab chiqariladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston birgalikda yengil avtomobillar ishlab chiqaradi. Bu haqda O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning Qirg‘iziston elchisi Muso Jamanbayev bilan uchrashuvida qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda 2022-2025-yillarga mo‘ljallangan Savdo-iqtisodiy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi Bitim hamda Dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida Bitimni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Shuningdek, tomonlar shahar transporti sohasida 1,85 million dollarlik loyihani moliyalashtirishni boshlagan O‘zbek - Qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasi faoliyatini muhokama qildilar. Jamg‘arma mablag‘larini jalb qilgan holda Qirg‘izistonda yigiruv korxonasini tashkil etish loyihasini moliyalashtirish va travertinni birlamchi qayta ishlash loyihasini birgalikda amalga oshirishga kelishildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda qirg‘iz kapitali asosida 291 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring