Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 sm.dan baland bo‘lgan harbiylarga qo‘shimcha ovqat beriladi

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 sm.dan baland bo‘lgan harbiylarga qo‘shimcha ovqat beriladi

O‘zbekiston armiyasida bo‘yi 190 sm va undan baland bo‘lgan harbiy xizmatchilar qo‘shimcha oziq-ovqat payogi bilan ta’minlanadi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib Sangzor.uz ma’lum qildi.

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda DXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qo‘shma qarorning 30-moddasida ushbu imtiyozning berilish shartlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, harbiy vrachlar komissiyasi xulosasiga ko‘ra, bo‘yi 190 sm va undan yuqori bo‘lgan harbiy xizmatchilarga qo‘shin turiga qarab, beriladigan oziq-ovqat payogining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha berilishi ko‘zda tutilgan.

Oziq-ovqat payogi o‘rnida beriladigan badal pullari, ya’ni bir oyda eng kam ish haqining 3 barobari (669000 so‘m) miqdorida qo‘shimcha payoksiz to‘lab beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring