Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shoshma, Amerika!»: ittifoqchilar xavotirga tushib qolishdi

«Shoshma, Amerika!»: ittifoqchilar xavotirga tushib qolishdi

Foto: U.S. Department of Defense Current Photos

AQSh bilan harbiy koalitsiyadagi mamlakatlar o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishda Vashingtondan ortda qolmaslikka urinishmoqda. Bu xatti-harakatlar Afg‘onistonda ishlayotgan g‘arb diplomatlari hayotini kelgusida xavf ostiga qo‘yishi mumkin.

«Wall Street Journal» Oq uy vakillariga asoslanib xabar berishicha, ittifoqchilar, jumladan, Germaniya o‘z askarlarini vatanga qaytarishga ulgurish uchun, Vashingtondan harbiy kontingentini Afg‘onistondan olib chiqishda shoshilmaslikni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Jo Bayden 11-sentyabrga kelib Afg‘onistonda bittayam amerikalik askar qolmasligi haqida bayonot bergandi, Qo‘shma Shtatlar harbiy rahbariyati 4-iyungacha qo‘shinning asosiy qismini vatanga qaytarishni rejalashtirgan. Logistika muammolari sabab boshqa ittifoqchilar bu muddatdan kechikishi mumkin, deb yozmoqda «WSJ».

Bundan tashqari, oldinroq o‘z harbiylari Kobul xalqaro aeroportini qo‘riqlashini ma’lum qilgan Turkiya ham bo‘linmalarini Afg‘onistondan olib chiqishni rejalashtirmoqda. Harbiylarning ketishi jangarilar poytaxtni egallashga uringan taqdirda g‘arb diplomatlarini mamlakatni xavfsiz tark etishning yagona yo‘li — aeroportdan mahrum etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring