Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jo Baydenning ruhiy salomatligi to‘g‘risidagi xatga javob qaytarildi

Jo Baydenning ruhiy salomatligi to‘g‘risidagi xatga javob qaytarildi

Foto: REUTERS

AQShning amaldagi va iste’fodagi harbiylari AQSh prezidenti Jo Baydenning ruhiy va jismoniy holatini shubha ostiga qo‘ygan 124 nafar generalning ochiq xatini tanqid qilishdi.

Iste’fodagi polkovnik Jefri Makkosland The Huffing Postga bergan intervyusida prezident saylovlari natijalarini qayta ko‘rib chiqishga olib kelishi mumkin bo‘lgan bunday «antidemokratik kampaniyada» ishtirok etish xavfli ekanini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, ushbu hujjat xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin, chunki Qo‘shma Shtatlar «harbiylar hech qachon hokimiyatni egallab olish bilan tahdid qilmagan kam sonli demokratik davlatlardan biri» hisoblanadi.

Sobiq dengiz piyoda askari Aleks Makkoy, o‘z navbatida, iste’fodagi generallarning xatini xiyonat deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq iste’fodagi amerikalik generallar Bayden tanqid ostiga olingan ochiq xatga imzo chekib, «millat katta xavf ostida» deya ta’kidlagandilar. Ularning fikriga ko‘ra, mamlakat rahbarining jismoniy va ruhiy holati unga milliy xavfsizlik sohasida qaror qabul qilishga imkon bermaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring