Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda qalbaki pul chiqarayotgan shaxslar ushlandi

Toshkentda qalbaki pul chiqarayotgan shaxslar ushlandi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBBning Olmazor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.N. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro M.ga 100 ming so‘mlik kupyuradagi 500 dona qalbaki 50 mln so‘mni har birini 20 ming so‘mdan hisoblab, 10 mln so‘mga o‘tkazgan vaqtida ushlanganlar.

Shuningdek, tadbirda A.N. bilan birga kelgan fuqaroning avtotransport vositasi va yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, yana 66 dona seriya va raqamlari bir xil bo‘lgan qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar, qalbaki pullarni yasashda foydalanilgan rangli printer va boshqa uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.N. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring